uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Murojaatnoma keng jamoatchilik e’tiborida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash shuningdek, mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida bugun filial rahbariyati tomonidan suhbat tashkil etildi.
Mazkur tadbirda filial direktori M.B.Kuchkarov, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar. Suhbat davomida Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oyalar, xususan, mahalla institutini rivojlantirish, jamiyatda ijtimoiy faollikni oshirish, aholi farovonligini ta’minlash, yoshlar va ayollar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni hayotga tatbiq etishda har bir xodim mas’uliyat bilan yondashishi, o‘z faoliyati orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi lozimligi qayd etildi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi
“Kelajak soati”: Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi
Jadid bobolarimiz: “Millatni saodatga eltuvchi yo‘l — bu ilm va tarbiya".
“Art-terapiya” mavzusida mashgʻulot oʻtkazildi.

Videolavhalar