Bugun, 29-dekabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktorining birinchi o‘rinbosari A.Saparbayev o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida A.Saparbayev yoshlarning xonadonida bo‘lib, ularning hayotiy sharoitlari, o‘qish va kelajak rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur uchrashuvda yoshlarga ta’lim, kasb-hunar va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, ularning dildagi orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
