uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Talabalar turar joylarida profilaktika ishlari olib borildi

Kuni kecha, 24-noyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Ishlar boshqarma boshlig‘i Anvar Abdullayev, fakultet dekani Munavvara Amanbayeva hamda Xorazm viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘limi bosh inspektori, leytenant Muxtor Ro‘zmetov birgalikda ijarada yashovchi talabalarning xonadonlariga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida uylarning isitish tizimlari, gaz va elektr jihozlaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi, mavjud kamchiliklar o‘rganildi.
Mutaxassislar tomonidan talabalarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.Mazkur profilaktik tadbirlar talabalarning yashash sharoitlarini yanada xavfsiz qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi
“Kelajak soati”: Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi
Jadid bobolarimiz: “Millatni saodatga eltuvchi yo‘l — bu ilm va tarbiya".
“Art-terapiya” mavzusida mashgʻulot oʻtkazildi.

Videolavhalar