uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Filialda yoshlarni turli xavf-xatarlardan himoyalashga qaratilgan muhim uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 21-noyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoiyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilova 30.1-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbir davomida filial direktori M.Kuchkarov, direktorning birinchi o‘rinbosari A.Saparbayev hamda fakultet dekani M.Amanbayeva so‘zga chiqib, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, yoshlarni bu xavfli illatdan asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va profilaktikaning ahamiyati haqida fikr bildirdilar.
Ular giyohvandlik va narkojinoiyatlarga qarshi kurashda ota-onalar, pedagoglar va yoshlarning hamkorligi muhim ekanini ta’kidlab, sog‘lom muhitni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
Mashg‘ulotda ishtirokchilar giyohvandlikning oldini olish, ogohlikni oshirish hamda yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga qaratilgan muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi
“Kelajak soati”: Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi
Jadid bobolarimiz: “Millatni saodatga eltuvchi yo‘l — bu ilm va tarbiya".
“Art-terapiya” mavzusida mashgʻulot oʻtkazildi.

Videolavhalar