Kuni kecha, O‘zbekiston davlat xoreagrafiya akademiaysi Urganch filiali psixologi Shaxnoza Raximova tomonidan “Samarali muloqot texnikalari va talabalarda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida trening tashkil qilindi.
Ushbu trening talabalarda og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan. Trening davomida talabalar tinglash madaniyati, o‘z fikrini aniq yetkazish, jamoa oldida nutq so‘zlash, mimika va tana tili orqali to‘g‘ri signal berish kabi asosiy kommunikativ texnikalarni o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida talabalar kichik guruhlarda rolli o‘yinlar, bahs-munozaralar va vaziyatli topshiriqlar orqali muloqotdagi to‘siqlarni yengish, konfliktlarni yumshatish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va empatiya ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar
Trening yakunida ishtirokchilar turli ijtimoiy va o‘quv vaziyatlarda samarali, ishonchli va madaniyatli muloqot olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘ladilar.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
