uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

TOSHKENTDA RESPUBLIKA O'QUV SEMINARI TASHKIL QILINDI.

O‘tgan haftada poytaxtimizdagi Turkiston saroyida yurtimizdagi bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari uchun ilk marotaba kengaytirilgan avgust kengashining Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori M.Kuchkarov ham ishtirok etdi. 
Respublikamizdagi barcha madaniyat va san’at maktablari, oliy ta’lim muassasalari direktorlari ishtirok etgan seminarda, sohaga oid muammolar va ularning yechimlariga oid taklif va mulohazalari aks etgan bir qator ma’ruzalari tinglandi. 

Videolavhalar