uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA SAMARQANDGA SAYOHAT.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Samarqand shahriga sayohat uyushtirdilar.
 “Vatan bo‘ylab sayohat qil” tashabbusi asosida tashkil etilgan sayohat davomida ishtirokchilar qadimiy Samarqandning tarixiy obidalari, madaniy merosi va betakror diqqatga sazavor joylari bilan tanishdilar. 
Ushbu tashrif nafaqat ma’naviy hordiq, balki filial jamoasi va talabalarida Vatanimiz tarixi, madaniyati va qadriyatlariga bo‘lgan mehr-muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Videolavhalar