Bugun, 28-iyul sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali ilk bitiruvchilarini diplom bilan taqdirladi.
Bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Bahodirovich Tojixonov, filial direktori Maxsudjon Kuchkarov, direktor o‘rinbosarlari Atabek Saparbayev, Bobur Shahanov, filial professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar, bitiruvchi talabalar va ularning yaqinlari ishtirok etishdi.
Bitiruvchilar chehrasida quvonch, yuraklarida esa katta orzular porlashi yaqqol sezildi. Tadbir davomida talabalarga nafaqat diplomlar topshirildi, balki ezgu tilaklar, yo‘l-yo‘riqlar va san’at sohasida bardavom ijodiy parvozlar tilandi.


Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
