Kuni kecha, 18-dekabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “To‘ylar va oilaviy marosimlarda san’atkorlar va raqqosalarning ishtiroki. Hamma narsa me’yorida bo‘lgani yaxshi” mavzusida ochiq muloqot tashkil qilindi.
Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin – qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Masharipova kirish so‘zi bilan ochib bergan ochiq muloqotda “Mehr Shafqat va salomatlik jamoat fondi” raisi Leninza Asqarova, “Xorazm haqiqati”, “Xorezmskaya pravda” gazetalarining bosh muharriri Soliyajon Rahimberganova, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova, viloyat Madaniyat boshqarmasidan G‘ulomjon Eshchanov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Bekzod Abdurimov, viloyat bosh imom xatibi va boshqa korxona tashkilot mas’ullari hamda filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda, mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi “To‘y o‘tkazish komissiyalari”ning faoliyatini kuchaytirish, “To‘ylarda san’atkorlarning ishtirokini namunali yo‘lga qo‘yish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va vazifalar” mavzularida, shuningdek, raqslarda milliy qadriyatlar va tarbiyaning roli, bo‘lg‘usi baletmesterlar va raqs san’atiga mehr qo‘ygan yoshlar bilan raqs san’ati sohasida olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan ijodiy namunalar, o‘zbek milliy san’atining rivojlanishida hamda dunyo hamjamiyatida namoyon qilinishida raqs san’atining o‘rni to‘g‘risida suhbat olib borildi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00