uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Konstitutsiya-baxtimiz qomusi mavzusida tadbir tashkil qilindi.

 Xabaringiz bor, bugun, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida Toshkent davlat  yuridik universiteti talabalari tomonidan 8-dekabr - "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan blits savol-javob o‘yinlari tashkil etilgan edi. O‘yin davomida Toshkent yuridik universiteti talabalari dastlab, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida to‘xtalishdi.  Shundan keyin, filial talabalariga baxtimiz qomusi bo‘lgan konstitutsiyamiz haqida savollar berildi va berilgan savollarga to‘g‘ri javob bergan talabalar sovg‘alar  bilan taqdirlandilar.
          Shuningdek, bugun, filial Аxborot-resurs markazi tomonidan turli xil zamonaviy hamda o‘zbek mumtoz adabiyoti asarlari bilan bir qatorda, ilmiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Videolavhalar