Bugun, 3-dekabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Dastlab, filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi tadbirni ochib berib, filial professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlarga “Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirdi.
Tadbirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudining sudyasi Akbar Aminov, Xorazm viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi mas’ul xodimi Polvon Ro‘ziboyev, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Botir Qobulov, Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Kamola Botirova, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi Zuhra Begovalar hamda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda, mehmon sifatida taklif etilganlar tomonidan, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar borasida qisqacha to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, Toshkent yuridik universiteti talabalari boshchiligida blits savol o'yinlari tashkil etildi. Savollarga to‘g‘ri javob bergan filial talabalari maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00