uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT" MAVZUSIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI.

Kuni kecha, 28-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida qizlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarash va sog‘lom e’tiqodni shakllantirish, ular dunyoqarashida g‘oyaviy, mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida uchrashuv tashkil etildi. 
Tadbirda filial yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Saparbaev, Xorazm viloyat hokimligining  targʻibot guruhi aʼzolari I.Xajiyeva, M.Masharipova ishtirok qilishdi.
Uchrashuvda  targ‘ibot guruhi a’zolari,  soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan fuqarolarning, ayniqsa xotin-qizlarning diniy huquq va erkinliklarini taʼminlash, jamiyatda diniy bagʻrikenglik gʻoyalarini chuqur singdirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilgani haqida soʻz yuritilib, bu islohotlarda vatanparvarlik, millatparvarlikka qaratilgan ezgu yoʻnalishlar, Islom dinining insonparvarlik, tinchlik va doʻstlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.Tadbirda  viloyat targ‘ibot guruhi ishtirokchilari  M.Masharipova va  I.Xajiyevalar ham mazkur mavzuga oid fikrlarini bayon qildilar. 
Tadbir davomida mavzuga oid filmlar namoyish etildi.

Videolavhalar