“Eng yaxshi rasmlar tanlovi”
Hurmatli O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Urganch filiali talabalari!
Sizni ijodiy ishlar tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz!
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat tizimi”ni boshqarish bo‘limi “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi rasmlar” tanlovining Filial bosqichiga start berdi.
Tanlovning maqsadi - yoshlarning korrupsiyaviy holatlarga qarshi bilim va malakalarini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy holatlarni oldini olishdan iborat.
Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi mezonlarda baholanadi:
Ijodiy ishlar joriy yilning 02-dekabr kuniga qadar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan rasm (rangli yoki oq qora, devorga osiladigan targ‘ibot matni yoki rasmi tushirilgan surat)lar Al hajmda, ko‘rinishi va matni yaxlit, diqqatni tortadigan, axborot, reklama, targ‘ibot-tashviqot va uslubiy-metodik o‘quv jarayonini o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lishi kerak. Rasmlar qo‘lda chizilgan, fotosurat, banner yoki bosma ko‘rinishida qabul qilinadi. Rasmni tayyorlashda turli innovatsion-amaliy uslublardan foydalanish mumkin.
Rasm mavzulari: axborot, reklama, targ‘ibot va tashviqot, uslubiy-metodik o‘quv jarayonini o‘z ichiga qamrab oladi.
Ko‘rik-tanlovning g‘oliblari 1; 2 va 3-darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 91431-61-24; +998 99421-63-25; +998 93740-22-40
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00