Bugundan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika marafoniga start berildi. Marafon 20-noyabrgacha respublikaning barcha hududlarida tashkil etilib, umumiy miqdorda 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda respublikaning bir qator oliy ta’lim muassasalari talaba va o‘qituvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurib, “Yashil makon” marafonida ishtirok etmoqda. Jumladan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori v.v.b Atabek Saparbayev va mas'ullar, talabalarimiz ham ushbu jarayonda ishtirok qilishmoqda.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
