uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Kuni kecha, 5-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi 316-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida Respublika ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Turin politexnika universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi F.Nabixanova hamda Toshkent davlat transport universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi F.Mamurova  boshchiligidagi  guruh tomonidan  filialda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini toʻgʻri yoʻlga qoʻyganligi, ayol pedagog va xodimlarning ijtimoiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining mavjudligi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va dekan maslahatchilarining ish rejasi ijrosi holatiga alohida eʼtibor qaratildi. 
Yakunda  oʻrganilgan jarayonlar tahlil qilindi hamda zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.

Videolavhalar