uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Matbuot anjumani va press-tur tashkil qilindi.

Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “2024-2025 o‘quv yilidagi rejalar, o‘quv jarayonlarining boshlanishi va talabalarni TTJ bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o‘tdi. Anjuman davomida 2023-2024 o‘quv yilida erishilgan yutuqlarga to‘xtalinib, yangi o‘quv yilidagi rejalar borasida ma’lumotlar berildi.Xususan, yangi o‘quv yili  jarayonlaridagi yangiliklar, ilmiy bo‘lim faoliyati, filial talabalarinig nafaqat O‘zbekiston balki jahon miqyosidagi tanlovlarda ishtiroki va yutuqlari haqida   O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori v.v.b A.Saparbayev, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Otamuradov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari B.Shahanovning ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlari bilan bevosita tanishtirish maqsadida jurnalist va blogerlar, OAV vakillari uchun press-tur o‘tkazildi. Press-tur ishtirokchilari “Lazgi” bo‘limi faoliyati va muzey bilan tanishdilar.  OAV vakillari o‘quv binosida talabalar uchun yaratilgan qulayliklar,  TTJdagi sharoitlarni alohida e’tirof etishdi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

BIRLIK VA HAMJIHATLIK RAMZI
Lazgi san’atining xalqaro maydondagi muvaffaqiyati
Urganch filiali professori Hindistonda o‘tkazilgan xalqaro festivalda ishtirok etdi
Poytaxtda madaniy ta’lim yo‘nalishidagi ilk Xalqaro konferensiya

Videolavhalar