uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Yangi Avlod – Yangi O‘zbekiston: Mustaqillikni Anglash Darsi

2025–2026 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiga 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun "Mustaqillik darslari" tashkil etildi. Mazkur darslar yurtimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.
Dars jarayonida talabalarga O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish yo‘li, istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
 Darsni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari A.Saparbayev olib bordi.Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, Vatanga muhabbat, ma’naviy yetuklik va faol fuqarolik pozitsiyasi haqida muhim tushunchalar berildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.
"Talaba Expo – 2025"da O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari ishtirok etmoqda
“Kelajak soati” – Boqiy shaharlar sari!
“Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida 16 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi

Videolavhalar