uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Otamuratov Sanjarbek Shonazarovich

OʻQUV ISHLARI BOʻYICHA DIREKTOR OʻRINBOSARI 

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, filial Kengashi qarorlarini, filial rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish; 
  • Filial tuzilmasi boʻyicha oʻquv ishlari boʻyicha prorektorga boʻysinuvchi boʻlimlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida oʻquv-uslubiy, ilmiy  va ma’naviy-tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash; 
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va boʻlimlar, kafedra mudirlari va pedagog oʻqituvchilarning toʻliq bilishini ta’minlash;
  • Ilgʻor mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ta’lim tizimini rivojlantirishga oid Qaror va Farmonlarida koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi zamonaviy uslub va yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Oʻquv-tarbiya jarayonida oʻqitishning ilgʻor shakllarini, shu jumladan masofadan turib oʻqitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; 
  • Oʻquv jarayonini ta’minlaydigan boʻlimlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Oʻquv jarayonini ta’minlaydigan boʻlimlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • Oʻtilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-oʻqituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
  • Oʻqitishning zamonaviy texnik vositalar asosida hamda chet tillarida oʻtilishini ta’minlash va nazorat qilish;
  • Axborot resurs markazini zamonaviy oʻquv adabiyotlari, majmualari, darsliklari hamda elektron darsliklar bilan ta’minlanishini amalga oshirish va nazorat qilish;
  • Oʻquv va ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish, filial uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilgʻor uslubiy tajribalarni umumlashtirish; 
  • Talabalarning ishlab-chiqarish amaliyoti oʻtishini ta’minlash va uni nazorat qilish;
  • Oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar toʻplamlarini filial pedagog xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda filialning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini toʻldirib turish boʻyicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Filial fakultet, kafedra va boʻlimlarining oʻquv-uslubiy faoliyatlari yuzasidan Kengash yigʻilishlarida reja asosida hisobot berish;
  • Bakalavriyat talabalarning Davlat attestasiyalari va magistratura talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va oʻtkazilishini nazorat qilish;
  • Filialni bitiruvchi mutaxassislarni ishga taqsimlash va yoʻnaltirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazilishini nazorat qilish;
  • Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha “Ishchi oʻquv reja”, “Ishchi oʻquv dastur”, “Oʻquv jadval” va “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;
  • Talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlarini tayyorlashini nazorat qilish; 
  • Filial professor-oʻqituvchi va hodimlarining malakalarini oshirishlari boʻyicha malaka oshirish filiallari va markazlari bilan shartnomalar tuzish, malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish, rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish filiallari va markazlariga reja asosida yuborilishini nazorat qilish; 
  • Talabalarga stipendiyalar tayinlanlash komissiyasi faoliyatini boshqarish va stipendiya tayinlashning qonuniyligini va xolisonaligini ta’minlash;
  • Talabalar bilimini baxolash reyting tizimini shaffofligini nazorat qilish;
  • Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʻmaklashish, talabalar  orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Professor-oʻqituvchilar va oʻquv-yordamchi xodimlar shtatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, boʻlimlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish; 
  • Boʻsh lavozimlarga pedagolarni tanlov asosida ishga qabul qilish  va magistr darajasiga ega boʻlgan shaxslarni filialda ishlash uchun olib qolish boʻyicha rektorga takliflar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar tarkibini yosh kadrlar bilan toʻldirish va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • Oʻquv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar   ishlab chiqish;
  • Mehnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllash va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha rektorga takliflar kiritish;
  • Ta’lim sifatini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • Fakultet va kafedralar va boʻlimlarning yillik faoliyati boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar kiritish, professor-oʻqituvchilarning oʻquv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Tayanch oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish filiallari bilan oʻquv-uslubiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda ishlash; 
  • Oʻrnatilgan tartibda filialning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Filialni oʻrnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan oʻtkazish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan filial faoliyatini attestasiyadan oʻtkazishga tayyorlash va unda faol ishtirok etish;
  • Filial rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki qabulini amalga oshirish hamda murojaatlarni koʻrib chiqish;
  • Filial Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.

Bilishi kerak:

     Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, va innovatsiyalar vazirliklarining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, filial Kengashi qarorlarining moxiyatini bilish;

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim va sogʻliqni saqlash sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʻnikmalarga;
  •  Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  •  OTMda bakalavrlar, magistrlar va klinik ordinatorlar tayyorlash yoʻnalishlari va mutaxassisliklaridan biri boʻyicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlishi zarur;
  •  Oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv boʻgʻinlarida - kafedra mudiri, fakultet dekani yoki oʻrinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega boʻlishi zarur.

Klassifikator boʻyicha:

Lavozimlar

nomi

MMSK

boʻyicha

kod

Xodimlar

toifasi

Ma’lumotining

eng past

darajasi

OʻMKTMTYKM

va OTYMK boʻyicha kodi

2288

OTM

prorektori

1210

B

Oliy ma’lumot

Bilimlarning

qoʻllanish

sohasiga koʻra

Videolavhalar