uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari

Shahanov Bobur Choriyevich
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari

–  О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Madaniyat vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini, kо‘rsatmalarini amalga oshirish;

–  Filial kafedra va boshqa ilmiy bо‘linmalarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratini olib borish hamda ilmiy loyihalar va grantlarni jalb etish, tadqiqot ishlarining natijaviy samaradorligi yuzasidan muntazam monitoring olib borish, ishlab chiqarish korxonalari bilan innovatsion hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini hal qilish,
 ilmiy-texnologik va ijodiy ishlanmalarni turli yarmarka va kо‘rgazmalarda taqdimot etilishini ta’minlash;

–  Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar tо‘plamlarini filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan tayyorlash hamda nashr etish jarayoniga umumiy rahbarlikni olib borish;

–  Ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va о‘tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda о‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda filial professor-о‘qituvchilari va xodimlarining ishtirokini ta’minlash, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib borish;

–  filial ilmiy ishlarini rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishini ta’minlash hamda filial xodimlarining о‘z vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga kо‘maklashish;

–  Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga kо‘maklashish, talaba va stajyor tadqiqotchi izlanuvchilar orasidan nomdor nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

–  Xalqaro bо‘lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini va mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni о‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;

–  О‘rnatilgan tartibda filialning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirishga kо‘maklashish;

–  Filialda ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur moddiy texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;    

 – О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
 
12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va о‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, filialning Ustavi, Ichki tartib qoidalari,  Kengash qarorlari, direktor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda qо‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, о‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.

Videolavhalar