uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI BOSHLIG‘I

BEKPOSHSHA RO‘ZMETOVA
XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI BOSHLIG‘I

          O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialining Xalqaro hamkorlik bo‘limi akademiya direktorining bevosita rahbarligi ostida quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:
 
- Xorijiy mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlari, jamg‘armalar, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish va rivojlantirish;
- Chet eldagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarini shartnoma asosida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalariga dars berish uchun taklif etish;
- Chet ellik talabalarni shartnoma-to‘lov asosida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga o‘qishga taklif etish;
- O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali professor-o‘qituvchilarini xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishga va talabalarni ilm olish uchun qisqa va uzoq muddatli safarlarga yuborish;
- Xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va anjumanlarda universitet vakillarining ishtirokini taʼminlash;
- O‘zbekistonda o‘tkaziladigan turli darajadagi ilmiy anjumanlarga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda, taniqli xorijiy olimlarni taklif qilish;
- Chet eldagi mashhur ilmiy markazlar va turli dasturlar hamda ularning O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan vakolatxonalari bilan yaqindan aloqa o‘rnatish va hamkorlik qilish;
- Xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va vakolatxonalari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish;
- O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari safarga borgan xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari bilan aloqa o‘rnatish.
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch  filiali Xalqaro aloqalar bo‘limi o‘z faoliyatini direktor nazorati va boshchiligi asosida olib boradi.
Oliy maktab Xalqaro aloqalar bo‘limi tarkibi 2 kishidan iborat bo‘ladi:
  1. Bo‘lim boshlig‘i
  2. Bo‘lim uslubchisi
 
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘ining vazifalari:
 
- Xalqaro hamkorlik bo‘limi faoliyatiga umumiy rahbarlik va nazorat qiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Xalqaro aloqalar bo‘limi bilan doimiy aloqada bo‘ladi va ularning topshiriqlarini o‘z vaqtida bajaradi;
- Chet el safariga borishga o‘quv bo‘limi, kafedra, dekanat tomonidan tavsiya etilgan o‘qituvchi va talabalar nomzodlarini rektor tasdig‘iga taqdim etadi, ular bilan safardan oldin va safardan keyin suhbat o‘tkazadi hamda hisobot qabul qiladi;
- Xorijiy rasmiy delegatsiyalarni qabul qilish, uchrashuv va tadbirlarni uyushtirishga rahbarlik qiladi;
- Xalqaro hamkorlik bo‘limi metodisti faoliyatiga boshchilik qiladi, uning ishini nazorat qiladi;
- Akademiyada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talabalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi;
- Xorijiy aloqalarga doir bo‘lgan masalalarni hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan aloqa o‘rnatadi;
- Xorijlik professor-o‘qituvchilar va talabalarning yashash sharoitlari, respublika bo‘yicha harakatlarini muntazam kuzatib boradi;
- Xorijiy o‘qituvchi va talabalarning faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar (shartnoma, buyruq)dagi vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.
I. Umumiy qoidalar
1.1.    “Xalqaro hamkorlik” bo‘limi filialning ijro etuvchi apparatining tarkibiy qismi hisoblanib, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga bo‘ysunadi. 
1.2.    Bo‘lim filial direktori tomonidan tayinlanadigan va ishdan bo‘shatiladigan bo‘lim boshlig‘i  tomonidan boshqariladi.
1.3.    Bo‘limning tarkibi va shtati qo‘yilgan topshiriq hamda vazifalarni hisobga olgan holda tomonidan tavsiya etilgan shtat jadvalga asosan tasdiqlanadi.
1.4. “Xalqaro hamkorlik” bo‘limi boshlig‘i  lavozimiga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinishi mumkin. O‘zbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi talab qilinadi.
1.5. “Xalqaro hamkorlik” bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, filial ustavi va ushbu yo‘riqnoma asosida amalga oshiradi.
1.6. Bo‘lim xodimlarining o‘z majburiyatlarini sifatli bajarilishlarini bo‘lim boshlig‘i nazorat qiladi.
                                                 II. Bo‘limning vazifalari
2.1. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • Chet el universitetlari va tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ularning rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkilotlarining delegatsiyalarini qabul qilish;
  • Filialga taklif etilgan xorijiy mehmonlar uchun vizalar olishda ko‘maklashish;
  • Filial xodimlariga ko‘maklashish va kerak bo‘lganda talabalar uchun pasportlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va chet elda vizalar berish;
  • Xorijiy sheriklar bilan xorijda professor-o‘qituvchilar va chet ellik xodimlarni chet elda malaka oshirish va o‘qitish uchun muzokaralar o‘tkazish;
  • Xalqaro tashkilotlar, elchixonalar, vakolatxonalar bilan muzokaralar va tashkiliy ishlarni o‘tkazish, xorijiy ekspertlar, ekspertlar, ma’ruzalar va seminarlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun universitetga taklifnoma yuborish;
  • Filialda faoliyat ko‘rsatayotgan turli xil xorijiy loyihalar, grantlar, dasturlar va turli xorijiy filiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nazorat qilish va tarqatish 
 
III. Bo‘lim boshlig‘ining vazifalari
  • Bo‘lim ishlariga umumiy rahbarlik qiladi va bajarilgan ishlar bo‘yicha javobgar bo‘lish;
  • Bo‘lim xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, rag‘batlantirish ishlari bo‘yicha takliflar berish;
  • Bo‘lim ishlarini Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, respublikaning vakolatli vazirliklar va tashkilotlari bilan muvofiqlashtirish;
  • Elchixonalar, konsulliklar va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan kelishilgan holda Filialga delegatsiyalar tashrifini uyushtirish;
  • Xorijiy mehmonlar bilan tashkil etiladigan uchrashuv va munozaralarda ishtirok etish;
  • Filial rahbariyatiga xorijiy olimlar va mutaxassislarni o‘quv-uslubiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha takliflar tayyorlab berish;
  • Xorijga boruvchi talaba va xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazish;
  • Xorijiy safarda bo‘lganlarning hisobotlarini yig‘ish va ulardagi takliflarni umumlashtirib, universitet manfaatiga mos takliflar tayyorlash;
  • Xorijdan kelgan axborotlarni tahlil qilish va takliflar berish;
  • Bo‘limning rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
  • Xorijiy davlat o‘quv yurtlari, davlat, jamiyat va xususiy tuzilmalar, firmalar, banklar va  boshqa tashkilot hamda muassasalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik bo‘yicha tashkiliy choralar majmuasini olib borish; 
  • Filialga  grantlarni jalb etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash, hamkor universitetlar bilan talabalar almashuvi dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • Xorijiy mehmonlarning tashrif dasturini tuzish, ularni aeroportda kutib olish va kuzatishni ta’minlash, xorijiy mehmonlarni filial hududiga kiritilishini va ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Filialga tashrif buyurgan xorijiy delegatsiya hamda alohida shaxslarni viza bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtish.
 
IV. Bo‘lim boshlig‘ining huquq va majburiyatlari
          4.1.Bo‘lim boshlig‘ining huquqlari
          Bo‘lim boshlig‘i:
- bo‘lim hodimlariga zarur topshiriqlarni beradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
- bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z vakolati doirasida mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, zarur hollarda rahbariyatga bo‘lim nomidan takliflar kiritadi;
4.2. Bo‘lim boshlig‘ining majburiyatlari
          Bo‘lim boshlig‘i:
          - ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligiga javob beradi;
          - bo‘lim mutaxassislari tomonidan ichki mehnat tartibi va qoidalariga rioya etilishi hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi uchun belgilangan tartibda javob beradi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.
"Talaba Expo – 2025"da O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari ishtirok etmoqda
“Kelajak soati” – Boqiy shaharlar sari!
“Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida 16 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi

Videolavhalar