uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

REGISTRATOR OFIS

RASHID OTAJONOV
REGISTRATOR OFISI BOSHLIG'I


REGISTRATOR OFISI   LAVOZIM   YO‘RIQNOMASI
Toshkent 2025  
UMUMIY QOIDALAR
Mazkur yo‘riqnoma O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2021 yil 6 maydagi 05-1288-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatori”, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2024-yil 9-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 24-q/q, 2-q/q-sonli qo‘shma qarori, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 48-q/q-son, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 21-2024-q/q-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi 205-son-qarori (ro‘yxat raqami 2859-4, 2024-yil 27-dekabr), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 24-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida “Registrator ofisi” faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 73-sonli va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan. Ayrim lavozimlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda mazkur hujjatda belgilangan talablar tatbiq etilmasligi va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida alohida talablar qo‘llanilishi ham mumkin.



“Registrator ofisi” boshligdning lavozim vazifalari:  OTMning talabalar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish sohasidagi missiyasi hamda asosiy strategik yо‘nalishlarini yuqori darajadagi ishonchlilik, samaradorlik va mas’uliyat bilan amalga oshirish;  Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va tо‘gdidan-tо‘gdi ularni boshqarish;  Ofis xodimlarining lavozim yoriqnomalarini ishlab chiqish;  talabalarga kо‘rsatiladigan xizmatlarning sifatli va о‘z vaqtida bajarilishini doimiy nazorat qilish;  Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va otm tomonidan о‘rnatilgan talablar asosida о‘quv jarayonini tizim orqali tо‘g‘ri tashkil etilishini hamda professor о‘qituvchilar, xodimlar va muvofiqlashtirishda ishtirok etish; talabalarning bu jarayondagi faoliyatini  Ofis tomonidan yо‘lga qо‘yiladigan xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish;  Ofisning yaqin va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;  Xizmat kо‘rsatish (front office) va Ma’lumotlar bazasi (back office) bо‘lim boshlig‘i va menejerlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish, baholash hamda rag‘batlantirish bо‘yicha rahbariyatga takliflar kiritib borish.  talabalar uchun о‘quv jarayoniga tegishli bо‘lgan xizmat turlarini tizim orqali tashkil qilish;  talabalarga о‘quv jarayonining tashkil etilishi, о‘quv jarayoniga tegishli ma’lumotlar, talabalarning elektron platformalardan samarali foydalanishiga kо‘maklashish;  Ofis tomonidan xalqaro aloqalar va akademik mobillik bо‘yicha xizmat kо‘rsatishni yо‘lga qо‘yish;  Ofis tomonidan marketing hamda buxgalteriya xizmatlari kо‘rsatishni yо‘lga qо‘yish;  professor-о‘qituvchilar va talabalarga tizimga oid tegishli maslahatlar berish;  о‘quv dasturlaridagi farqlarni bartaraf etish maqsadida qayta о‘qishni tashkil qilish;    talabalarga tegishli bо‘lgan statistik ma’lumotlarni yuritish hamda “HEMIS” axborot tizimiga tо‘g‘ri kiritilishini nazorat qilish;  talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash jarayonini muvofiqlashtirish:  Ofisda amalga oshirilgan ishlarning holatini, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlaridagi о‘quv jarayonining tashkil etilishi holatini tizim orqali baholab borish;  о‘quv jarayoni grafigiga asosan elektron ta’lim platformasida о‘quv ishlari prorektori (filial direktori о‘rinbosari) tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazoratlar jadvali asosida о‘z vaqtida о‘tkazilishini tizim orqali nazorat qilish;  “HEMIS”, “Moodle”, “LMS” ta’lim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish va ijrosini ta’minlash;  oliy ta’lim tashkilotlariga о‘qishga qabul qilish, talabalar о‘qishini kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi tо‘g‘risidagi nizomlarga asosan OTMning elektron ta’lim platformasi orqali talabalar harakatini tashkil qilish (о‘qishini kо‘chirish, akademik ta’tilga chiqarish va qaytarish, о‘qishini tiklash). Malalar talablari.    Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish,qat’iy harakat qilish, registrator ofisi strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;  “Registrator ofisi” boshlig‘i lavozimiga magistr yoxud klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki mutaxassislik dasturlari bо‘yicha olingan oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi diplomga ega (ilmiy darajali yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga ustuvorlik beriladi), ECTS (European Credit Transfer System) kredit- modul tizimini biladigan (xorijiy tillarni biladigan yoxud xorijiy OTMni tamomlagan yoki tajriba oshirganlarga ustunlik beriladi), kamida 3 yil oliy ta’lim boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimida ishlagan yoki OTMda ish staji kamida 5 yil boо‘gan shaxslar tayinlanadi.  O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

“Registrator ofisi” Xizmat kо‘rsatish (front office) bо‘limi menejerining vazifalari:  dars jadvallari haqida ma’lumot taqdim etish;  qayta о‘qish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;  joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar tо‘g‘risida talabalarga ma’lumot taqdim etish;  sirtqi va masofaviy ta’lim shaklida о‘qiyotgan talabalar uchun chaqiruv qog‘ozini shakllantirish;  akademik ma’lumotnoma va transkript berish;    imtihonlar rо‘yxatini taqdim etish;  о‘qishni kо‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;    oliy ta’lim tashkilotlariga ikkinchi ta’limga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;  oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura (klinik ordinatura) bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;    talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;  talabaga о‘zining GPA kо‘rsatkichi haqida ma’lumotnoma taqdim etish; talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash; talabalarga tibbiy sug‘urta olish uchun yordam berish;    о‘qishga qabul va о‘qishni kо‘chirish yuzasidan konsultatsiya berish;  oliy ta’lim tashkilotida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida ma’lumot berish;  talabalarga ilmiy tо‘garaklar haqida ma’lumot berish hamda amaliy yordam kо‘rsatish.  о‘qish joyidan ingliz tilida ma’lumotnoma berish;  о‘qishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda rо‘yxatga olish va fanlarga biriktirish;  xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;    xorijlik talabalarga tо‘lov-shartnomalarini taqdim etish;    xorijlik talabalarni о‘qishga qabul qilish bо‘yicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni kо‘rib chiqish uchun qabul qilish;  xorijlik talabalarga oliy ta’lim tashkilotidagi о‘quv jarayonlari haqida ma’lumot berish;  qо‘shma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berish va talabalar orasida targ‘ibot qilish;    ishga joylashgan bitirnvchilar haqida ma’lumotlarni olish va kiritish;    tо‘lov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish, shuningdek, tо‘lov-shartnomasi olish uchun ariza berishga kо‘maklashish;  talabalar о‘zlashtirish kо‘rsatkichlari va boshqa hollar uchun stipendiya tayinlash bо‘yicha (dekanat yoki о‘quv uslubiy boshqarma tomonidan taqdim etilgan) bildirgi asosida hemis platformasidagi natijalarga kо‘ra stipendiya buyrug‘ini tayyorlash;  akademik qarzdor talabalar uchun qayta о‘zlashtirish bо‘yicha tо‘lov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash, qayta о‘qishga shartnoma olish uchun ariza berishga kо‘maklashish;  ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga kо‘maklashish;    talabalarning yotoqxonalarga joylashishi uchun ariza berishga kо‘maklashish;  talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;    potensial ish beruvchilar rо‘yxatini shakllantirish va talabalarga yetkazish.    bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (ishga yuborilganlik tо‘g‘risida yо‘llanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga yetkazish. Malalar talablari.    Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish,qat’iy harakat qilish, registrator ofisi strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;  Xizmat kо‘rsatish (front office) bо‘limi menejeri lavozimiga oliy ma’lumotli, ECTS kredit-modul tizimini biladigan, (xorijiy tillarni biladigan, xorijiy oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki tajriba oshirgan, shuningdek, magistr akademik darajasi, ilmiy daraja va unvonga ega bо‘lganlarga ustunlik beriladi) va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan hamda oliy ta’lim tashkilotida ish staji kamida 1 yil bо‘lgan shaxslar tayinlanadi.  O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur. “Registrator ofisi” Ma’lumotlar bazasi (back office) bо‘limi menejerining vazifalari:  talabalar, resurslar, shartnomalar, mashg‘ulotlar va talabalarning о‘zlashtirishi haqidagi turli xil statistik ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;  talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik ta’tilga chiqishi bо‘yicha statistik ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;  о‘qishni kо‘chirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;  topshiriq va murojaatlarga asosan oliy ta’lim tashkiloti faoliyatiga doir statistik ma’lumotlarni taqdim etishga tayyorlash;  oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan Statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritish;  bitiruvchilar tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar bankini shakllantirish;  bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda ishga joylashganligi bо‘yicha olib borilgan monitoring yuzasidan ma’lumotlarni olish, umumlashtirish va tahlil qilish;  “HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik ma’lumotlarning tо‘g‘riligini tahlil qilib borish.  Statistik ma’lumotlarni yuritish sektori menejerlariga kerakli ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va qayta ishlash uchun sо‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishda OTM tuzilmasidagi boshqa bо‘linmalarning xodimlari yordam berishlari va hamkorlikda ishlashlari lozim.  akademik guruhlarni shakllantirish;  talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlari, dars jadvali va nazorat jadvallarini yaratish, arizalarni kо‘rib chiqish);    talabalarni tegishli fanlarga biriktirish;    talabalarni tizimga kiritish va tegishli guruhlarga biriktirish;   tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish;    о‘quv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish;  qabul qilingan talabalarni elektron tizimda rо‘yxatga olish va fanlarga biriktirish;  talabalar harakati (talabalar safidan chetlashtirish, kursda qoldirish, о‘qishini kо‘chirish, akademik ta’tilga chiqarish va qaytarish, о‘qishini tiklash)ni muvofiqlashtirish va rasmiylashtirish;  talabalarni kursdan kursga о‘tkazish;  talabalarning о‘zlashtirish kо‘rsatkichini umumlashtirish va tahlil qilish; talabalarning ma’lumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;   о‘qishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;  “HEMIS” tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, kunlik davomat hisobotini olish va fanlar bо‘yicha davomatni monitoring qilish;  dars jadvallarini hamda joriy, oraliq va yakuniy nazorat grafiklarini “HEMIS” axborot tizimida shakllantirish.  Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori bо‘yicha:  oliy ta’lim tashkilotini tugatgan talabalar hujjatlarini tо‘plab yig‘ma jildga tikish, rо‘yxatga olish va arxivga qadar saqlash;    familiyasi о‘zgargan, akademik ta’tilga chiqqan, yо‘nalishni va fakultetni о‘zgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan kо‘chirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;  о‘qishni boshqa oliy ta’lim tashkilotiga kо‘chirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini talabaga yetkazish;    qat’iy hisobdagi hujjatlar shakllarini (diplom, diplomga ilova, akademik sertifikatlar va boshqalar) taqdim etish; Malalar talablari.    Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish,qat’iy harakat qilish, registrator ofisi strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;  Ma’lumotlar bazasi (back office) bо‘limi menejeri lavozimiga oliy ma’lumotli, ECTS kredit-modul tizimini biladigan, (xorijiy tillarni biladigan, xorijiy oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki tajriba oshirgan, shuningdek, magistr akademik darajasi, ilmiy daraja va unvonga ega bо‘lganlarga ustunlik beriladi) va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan hamda oliy ta’lim tashkilotida ish staji kamida 1 yil bodgan shaxslar tayinlanadi.  O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.











Registrator bo'limi boshlig'i - Atajanov Rashidbek Jumanazar O'gli







MADAMINOV ALISHER KADAMBAYEVICH 










                                                                

   Esirgapov Kamoliddin Tirkash o'g'li 







O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.
"Talaba Expo – 2025"da O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari ishtirok etmoqda
“Kelajak soati” – Boqiy shaharlar sari!
“Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida 16 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi

Videolavhalar