Tashrif davomida talabalarning o‘quv jarayoni, yashash joylaridagi sharoit, xavfsizlik va tozalik masalalari, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Suhbat davomida talabalarga mavsumiy sovuq kunlarga tayyorgarlik ko‘rish, sog‘lom turmush tarzini saqlash hamda o‘qishda yuqori natijalarga erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yoshlar yetakchisi tomonidan talaba qizlarning murojaatlari tinglandi. Mazkur tashrif talabalarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, ularning o‘qish va yashash uchun qulay sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
