uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Talabalar yashash xonadonlaridagi sharoitlar o‘rganildi

Kuni kecha, 20-oktabr sanasida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori M.Kuchkarov, kafedra mudiri N.Abdiramanov hamda yoshlar yetakchisi M.Ollaberganova tomonidan ijarada yashovchi talabalar yashash manziliga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida talabaning umumiy sog‘lig‘i, yashash sharoiti hamda xonadondagi sanitariya-gigiyena talablari bilan tanishildi.
Suhbat chog‘ida talabaga is gazi xavfi haqida batafsil tushuntirishlar berildi, gazdan foydalanish qoidalari eslatib o‘tildi. 
Yoshlar yetakchisi tomonidan talabaga ijtimoiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish borasida ham maslahatlar berildi.
Shuningdek, talabaga zarurat tug‘ilganda murojaat qilishi mumkin bo‘lgan mas’ul shaxslar va favqulodda vaziyatlar xizmati raqamlari eslatib o‘tildi.
 Filial rahbariyati barcha talabalarga o‘z salomatligi va xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yishni, gaz va elektr jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkorlikni kuchaytirishni yana bir bor eslatadi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.
"Talaba Expo – 2025"da O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari ishtirok etmoqda
“Kelajak soati” – Boqiy shaharlar sari!
“Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida 16 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi

Videolavhalar