uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"Kredit-modul taʼlim tizimi" haqida ma'lumot berildi.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalariga "Kredit-modul taʼlim tizimi"da baholash mexanikasi boʻyicha maʼlumot berildi.
Bugun, 2025-yil 6-sentabr kuni OʻzDXAUFda 1- bosqich talabalari ishtirokida "Kredit-modul taʼlim tizimi"da baholash mexanikasiga oid tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur uchrashuvda filialning Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Usmon Qalandarov talabalar uchun baholash jarayonining asosiy tamoyillari, oraliq va yakuniy nazoratlar tartibi, reyting tizimi, shuningdek, talabalarning mustaqil ishlari qanday mezonlar asosida baholanishi haqida batafsil maʼlumot berdi.

Videolavhalar