uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Oliy taʼlim tizimini modernizatsiyalash – davr talabi: kredit-modul tizimini qo‘llash misolida” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi

Bugun, 2025-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 2025–2026-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun ochiq dars tashkil etildi.


Mazkur dars “Oliy taʼlim tizimini modernizatsiyalash – davr talabi: kredit-modul tizimini qo‘llash misolida” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sanjar Otamuratov talabalarga zamonaviy oliy ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan kredit-modul tizimining mohiyati, afzalliklari va amaliyotdagi o‘rni haqida atroflicha tushuncha berildi.

Dars jarayonida yangi o‘quv tizimining talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli, baholashning shaffofligi, fanlararo integratsiyani ta’minlashdagi qulayliklari va talabaning individual rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi haqida fikr almashildi.

Shuningdek, kredit-modul tizimi asosida o‘qitish jarayonining tashkiliy va metodik jihatlari, reyting tizimi, fanlar bloklari, mustaqil ishlar va nazorat turlari yuzasidan amaliy misollar bilan izohlar berildi.

Dars so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.
"Talaba Expo – 2025"da O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari ishtirok etmoqda
“Kelajak soati” – Boqiy shaharlar sari!
“Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida 16 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi

Videolavhalar