uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ijodiy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 7-iyul sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbariyati, ijodiy yo‘nalish rahbarlari, mutaxassis pedagoglarhamda imtihon jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlar qabuliga oid ijodiy (kasbiy) imtihonlarni tashkil etish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish masalalalari muhokama qilindi. Jumladan, imtihon topshiruvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shaffoflik va adolat tamoyillarini qat’iy ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida barcha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijodiy imtihonlarni yuksak darajada, standartlarga mos tarzda o‘tkazish borasida zarur choralar belgilab olindi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.
"Talaba Expo – 2025"da O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari ishtirok etmoqda
“Kelajak soati” – Boqiy shaharlar sari!
“Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida 16 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi

Videolavhalar