Kuni kecha, 1-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda talabalarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, suhbat davomida zo‘ravonlikning oldini olishga doir videoroliklar namoyish etilib, talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi. Tadbir yoshlar ongida huquqiy madaniyatni oshirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
