Bugun, 27-noyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida yoshlar o‘rtasida axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish hamda internet tarmog‘idagi diniy mazmundagi materiallardan faqat rasmiy va ishonchli manbalar orqali foydalanish zarurligini targ‘ib etish maqsadida talabalar bilan suhbat tashkil qilindi.
Uchrashuvda direktorning birinchi o‘rinbosari A.Saparbayev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Ollaberganova hamda filial matbuot kotibi Sh.Sapayeva ishtirok etib, talabalarga mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdilar.
Tadbir davomida yoshlarning internetdan foydalanish madaniyati, axborotning haqiqiyligi va manbalar ishonchliligi, shuningdek, diniy mazmundagi noaniq ma’lumotlarga ishonmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
