uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

Kuni kecha, 22-noyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktorining birinchi o‘rinbosari A.Saparbayeva tomonidan “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yurtimizda yashayotgan turli millat va elat vakillarining totuvligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik muhitini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi va millatlararo hamjihatlik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar. Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda bag‘rikenglik, tolerantlik va yurtga sadoqat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Videolavhalar