uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ustoz va murabbiylar – qalblar chirog‘i!

Hurmatli ustoz va murabbiylar

Sizlarni 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Ustozlik – bu ulug‘ va sharafli kasb. Zero, insonni ma’naviy kamolot sari yetaklovchi, yoshlarni bilimli, odobli va vatanparvar qilib tarbiyalaydigan buyuk zotlar – ustozlardir. Fidoyiligingiz, mehr va sabringiz, har bir o‘quvchiga, talabaga bo‘lgan e’tiboringiz jamiyatimiz taraqqiyotida bebaho o‘rin tutadi.

Filialimizda ham mehnatingiz, raqs san’atini targ‘ib etish yo‘lidagi tashabbuslaringiz, yoshlarga san’at sirlarini mehr bilan o‘rgatayotganingiz tahsinga sazovordir. 

Shu o‘rinda Sizlarga mustahkam sog‘liq, bardavom ijodiy yutuqlar, tinimsiz sabr va  faoliyatingizda yangi marralarni tilayman. Yoshlarga bo‘lgan mehr-muhabbatingiz, ularning qalbiga singdirayotgan ma’naviy boyliklaringiz uchun Sizlardan minnatdorman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, O‘zDXAUF direktori
Kuchkarov Maxsudjon Bazarbayevich

Videolavhalar