uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda musiqa va san'at maktablarida xoreograf lavozimida faoliyat yuritishni xohlaysizmi? Unda ushbu yangilik siz uchun. Endilikda sizda maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda musiqa va san'at maktablarida xoreografiya sohasida bir vaqtning o‘zida o‘qib va ishlash imkoniyati mavjud. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali 2022/2023 o‘quv yili uchun «Xoreografiya jamoalari rahbari» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abiturientlarni kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilinishini ma’lum qiladi. Ta’lim jarayoni o‘zbek va rus tillarida amalga oshiriladi.Kunduzgi ta'lim shaklida o'qish muddati 4-yil. 
Sirtqi ta'lim shaklida o‘qish muddati 5 yil.
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun tel: +998 93 411 94 12

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan 18-19-aprel kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14-fevraldagi farmoyishiga binoan joriy yilda O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli davlat arbobi Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi keng nishonlanadi.
15-aprel Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni!
8-aprel kuni Madaniyat vazirligida “Lazgi” II xalqaro raqs festivali tadbirini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka axborot berish maqsadida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Videolavhalar