uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Qonunchilik_yangiliklari

Xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi

Prezidentning “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qarori qabul qilindi. (https://drive.google.com/file/d/1u3EbPjYZC2bYxvlF0kubm8TYzGGq7eG3/view?usp=sharing)

Unga ko‘ra 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlarini Davlat budjetidan ajratishning yangi tizimi joriy etiladi. 

Bunda:

tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;

ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;

ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkalarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi;

ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbayiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;

«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.


https://www.youtube.com/c/eduuz

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan 18-19-aprel kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14-fevraldagi farmoyishiga binoan joriy yilda O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli davlat arbobi Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi keng nishonlanadi.
15-aprel Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni!
8-aprel kuni Madaniyat vazirligida “Lazgi” II xalqaro raqs festivali tadbirini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka axborot berish maqsadida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Videolavhalar