uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

BAYRAM TABRIGI


#BAYRAM_TABRIGI  #31_YILLIK

 

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlarqadrli hamkasblar va talaba-yoshlar!

 

Bugun buyuk  va muqaddas bayramimiz - Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi arafasida sizlarni ushbu ayyom bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman.

Mamlakatimiz mustaqilligining о‘tayotgan 31 yili davlatimiz va xalqimiz hayotida keng kо‘lamli islohotlarulkan yangilanish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan davr sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldiXususan,   sо‘nggi besh yillikda madaniyat va sanat sohasiga oid qator qaror va farmonlarolib borilayotgan tub islohotlar sabab raqs sanatimiz yangi taraqqiyot sari yuz tutmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tizimini yanada takomillashtirish,  Xorazmning qadimiy  raqsi   “Lazgi”ni  asrab avaylash uni  ilmiy o‘rganish  jahon miqyosida keng  targ’ib qilish  maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialini tashkil etish tо‘g‘risida”gi qaroriga asosan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining tashkil etilishi Xorazmning qadimiy  raqsi    “Lazgi” raqsiga  haqiqiy ma’noda hayot baxsh etdi. Qaror bilan “Lazgi”  raqsining turli yо‘nalish va namunalari hamda ularni qayta tiklash, bu boradagi ta’lim-tarbiya ishlarini kuchaytirish belgilandi.Raqs san’atidagi bunday izchil о‘zgarishlar, yutuqlar Yangi О‘zbekiston taraqqiyotiga hamohang tarzda kechayotgani biz uchun ham quvonarli, ham faxrlanarli  jarayondir.

Muhtaram yurtdoshlar, talaba-yoshlar!

Mustaqillik hadya etgan ne’matlardan bahramand bо‘lish, ular bilan faxrlanishimiz zarur!  bizning asosiy maqsadimiz, burchimiz, ana shu mustaqillikni  kо‘z qorachig‘idek  asrab-avaylashimiz zarur! Yana bir bor sizlarni Vatanimizning Mustaqillik  bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, yurtimiz ahliga tinchlik  tilayman.

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi  Urganch filiali direktori              SH.X.Botirov

Videolavhalar