uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv
urganchxoregrafiya@umail.uz +998 (93) 411-94-12

Testda o‘tgan yilgidan qanday o‘zgarishlar bor?

Testda o‘tgan yilgidan qanday o‘zgarishlar bor?

 

Abiturientlar e’tibor berishi kerak bo‘lgan ayrim jihatlar ma’lum bo‘ldi.

 

Mutaxassislik blokida savollar soni oshirildi. O‘tgan yili "spesblok"da 20 tadan jami 40 ta savol berilgandi. Joriy yilda 30 tadan jami 60 ta savol beriladi;

 

Mutaxassislik blokida birinchi va ikkinchi fanga beriladigan ball miqdori farq qiladigan bo‘ldi. O‘tgan yili ikkala fanga ham bir xil 3,15 balldan berilgandi. Joriy yilda birinchi o‘rindagi muhim fanga 3,1 ball, ikkinchi fanga 2,1 ball beriladigan bo‘ldi. Demak, bir-biriga mos 5 ta yo‘nalish tanlashda ham bu yil o‘zgarishlar bo‘ladi. O‘tgan yili ikkalasiga bir xil ball berilgani uchun birinchi va ikkinchi fanga ajratilmagandi. Endi bu yil shunchaki 2 ta fan to‘g‘ri kelishi kifoya emas, ularning muhimlik o‘rni ham ahamiyat kasb etadi;

 

Yo‘nalishidan qat’i nazar barcha uchun tushadigan majburiy blokdagi 3 ta fanga beriladigan ball miqdori kamaytirildi. O‘tgan yili 2,1 balldan berilgandi, joriy yilda 1,1 balldan beriladigan bo‘ldi. Bu degani majburiy blokdan ko‘p ball to‘plab bo‘lmaydi. O‘tgan yili majburiy blok 63 ball berardi, bu yil 33 ball to‘plash mumkin. Demak, joriy yilda asosiy ballarni mutaxassislik fanlaridan to‘plash mumkin, 2 ta fanga jami 156 ball (82,5%) berilmoqda.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
urganchxoregrafiya@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori
ABITURIENTLAR DIQQATIGA!
ME’YORIY HUJJATLAR
XUSUSIY KOLLEJ VA TEXNIKUMLAR

Videolavhalar