uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Eʼlon!

Eʼlon!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori hamda “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan aholi orasida keng ommalashgan Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻzbek xalqi milliy madaniyatini targʻib etuvchi davlat va xususiy teatrlarda sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllar tanlovini eʼlon qiladi.
 
Tanlov quyidagi talablar asosida oʻtkaziladi, jumladan:

- aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi badiiy-gʻoyaviy barkamol;

- inson qadrini ulugʻlash, mahallalardagi farovon turmush, namunali oilalar, ibratli ayollar faoliyati aks etgan;

- milliy qadriyatlar, urf-odatlar, anʼanalarni targʻib qiluvchi;

- bugungi kun muammolari va yutuqlari, jamiyat hayotidagi oʻzgarishlar aks etgan davrimizning ilgʻor ayollari hayoti aks etgan, millatlararo bagʻrikenglik, vatanparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat hamda insonparvarlik gʻoyalarini oʻzida mujassam etgan spektakllar tanlovda ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi @SPEKTAKLLAR_TANLOVI nomli facebook, instagram, Youtube internet sahifalariga davlat va xususiy teatrlar tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar joylashtiriladi.

Internet foydalanuvchilari tomonidan eng koʻp koʻrilgan spektakllar Madaniyat vazirligi hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi va 50 tasi tanlab olinadi. Joriy yilning 15-dekabr kuni gʻoliblar aniqlanadi.

Gʻoliblar Madaniyat vazirligi tomonidan taqdirlanadi hamda vazirlikning rasmiy internet sahifalarida eʼlon qilinadi.  
Spektakllarni kuzatib boring, ovoz bering, izohlaringizni qoldiring. Spektakllar tanlovi jarayonida faol qatnashing, Sizning ovozingiz muhim ahamiyatga ega.
 
Maʼlumot uchun telefonlar: 55 502-33-77 (ichki raqam 122, 123, 124)


Videolavhalar