uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"YANGI O‘ZBEKISTONNI O‘ZIMIZ, O‘Z QO‘LLARIMIZ BILAN BUNYOD ETAMIZ!" SHIORI OSTIDAGI ESSELAR TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA BO‘LIB O‘TDI

"YANGI O‘ZBEKISTONNI O‘ZIMIZ, O‘Z QO‘LLARIMIZ BILAN BUNYOD ETAMIZ!" SHIORI OSTIDAGI ESSELAR TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA BO‘LIB O‘TDIOliy taʼlim muassasalarining  bakalavriat bosqichi talaba-yoshlari oʻrtasida oʻtkazilayotagn esselar tanlovining bugun, 19-may kuni Urganch davlat universitetida hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Hududiy bosqichda viloyatdagi 6 ta oliy taʼlim muassasalaridan saralashdan oʻtgan 18 nafar talaba ishtirok etdi. Esse uchun nizom boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston mening tasavvurimda” mavzusi tanlandi. Viloyat bosqichining ochilish marosimida Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi B.Tajiyev, Oliy va oʻrta maxsus vazirligining  mutasaddi vakillari, Oʻzbekiston Qahramoni A.Mahmudova, Xorazm viloyati hokimligi vakillari, оliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdilar. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan yoshlarni samimiy tabrikladilar va navbatdagi bosqichda omad tiladilar. 

1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan talabalar keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar. Ishtirokchilar belgilangan vaqt davomida ijodiy fikrlarni yozma bayon qildilar.  Jarayonlar ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.

Videolavhalar