urganchxoregrafiya@umail.uz +998 (93) 411-94-12

“Ozarbayjon milliy raqsi va musiqasi” mavzusida onlayn mahorat darsi

Joriy yilning 9-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Xoreografiya” kafedrasi mudiri Durdona Abduhakimova hamda yosh oʻqituvchi Susanna Useinova boshchiligida “Ozarbayjon milliy raqsi va musiqasi” mavzusida onlayn mahorat darsi tashkil etildi.
Darsni Ozarbayjon Respublikasi Qurolli kuchlar ashula va raqs ansambli oliy toifali raqqosasi, xalqaro koʻrik-tanlovlar gʻolibi Ayten Rasulzade olib bordi.
Mazkur mahorat darsida Ayten Rasulzade Ozarbayjon maqomi, milliy raqslari, balet sanʼati va mashhur baletmeyterlari, raqs sahnalashtirish, yakka, duet hamda ommaviy raqslar, shuningdek, ayollar va erkaklar raqsi xususidamaʼlumotlar berib, amaliy mashgʻulotlar oʻtdi.
Mahorat darsi akademiyaning professor-oʻqituvchilari hamda talabalari uchun yangi bilim va koʻnikmalar orttirishlariga xizmat qilib, Ozarbayjon raqs sanʼati bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratdi.
 

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
urganchxoregrafiya@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Talabalarga yengillik, bu imkoniyatdan foydalanishni tavsiya qilamiz!
Imkoniyatni qo‘ldan boy berma!
Не упустите возможность!
Markaziy Osiyo yoshlar forumiga start berilmoqda

Videolavhalar