urganchxoregrafiya@umail.uz +998 (93) 411-94-12

O’quv, ilmiy tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan davra suhbat

Joriy yilning 8-9-noyabr kunlari O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida O’zDXAning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Nozim Qosimov ishtirokida o’quv, ilmiy tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida filialning faoliyati o’rganilib, keng muhokama etildi va N.Qosimov tomonidan uslubiy ko’mak sifatida maslahatlar berildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, unda talabalarning qiziqish va intilishlari, ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, muvjud muammolariga yechim va savollariga javoblar berildi.
Uchrashuv davomida raqs san’ati fidoiysi, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Maria Pirmagambetovani qutlug’ 60 yoshi bilan muborakbod etdilar.
Qolaversa, safar davomida filial uchun qurilayotgan yangi binoda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
 

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
urganchxoregrafiya@umail.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Talabalarga yengillik, bu imkoniyatdan foydalanishni tavsiya qilamiz!
Imkoniyatni qo‘ldan boy berma!
Не упустите возможность!
Markaziy Osiyo yoshlar forumiga start berilmoqda

Videolavhalar