uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Kitobxonlikka bagʻishlangan davra suhbati

Joriy yilning 5-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida besh muhim tashabbus doirasida kitobxonlikka bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Nozim Qosimov ochib, tadbirga tashrif buyurgan mehmon – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining fundamental kutubxonasi direktori Zuxra Berdiyevani tanishtirib oʻtdi.
Z.Berdiyeva talabalarga kitobxonlik madaniyati, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida kutubxonalar faoliyati, bu sohada erishilgan yutuqlar, bugungi kunda mamlakatimizda kutubxona va kitobxonlikka oid olib borilayotgan isloxotlar haqida soʻzladi. Suhbat jarayonida talabalar mavzuga oid oʻzlarini qiziqtirgan turli savollarga javob oldilar.
Shuningdek, N.Qosimov va Z.Berdiyevalar kitob oʻqishning inson maʼnaviyatiga taʼsiri, shaxs boʻlib yetishishdagi ahamiyati va yetuk mutaxassis boʻlishning eng avvalgi sharti ekanligini taʼkidladilar va bu borada qanday kitoblar mutolaa qilish kerakligi toʻgʻrisida oʻz maslahatlarini berib oʻtdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining fundamental kutubxonasi tomonidan akademiya kutubxonasiga taqdim etilgan turli mazmundagi 129 dona kitob tadbir ishtirokchilariga yanada xursandchilik ulashdi. Oʻz oʻrnida akademiya nomidan Z.Berdiyevaga tashrif va sovgʻa qilingan kitoblar uchun chuqur minnatdorchilik bildirildi.
        

Videolavhalar