uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O'quv ishlari bo'yicha inspektor


Sultonov Sanjarbek Dilshod o‘g‘li

 O'quv ishlari bo'yicha inspektor



О‘QUV-USLUBIY BО‘LIM HAQIDA
MA’LUMOT
О‘QUV-USLUBIY BО‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FAOLIYATI YО‘NALISHLARI quyidagilardan iborat:
  1. Meyoriy hujjatlar asosida bakalavriat uchun ta’lim jarayonini О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rnatgan tartibda о‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda tashkil etadi, nazorat qiladi, boshqaradi;
  2. Fakultetda о‘quv rejalarida aks etgan ta’lim maqsadlarini о‘rnatadi;
  3. Zamonaviy talablarga muvofiq holda о‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bо‘yicha ish olib boradi;
  4. Zamonaviy baholash usullari, jumladan, yozma ish, og‘zaki usulda yoki testlar orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini nazorat qiladi. Mazkur nazorat natijalari asosida о‘kuv tematik rejalarga aniqliklar kiritadi, talabalar bilan alohida ishlash shakllarini aniqlaydi;
  5. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali professor-о‘qituvchilari tomonidan ayni о‘quv yili uchun о‘quv rejalari va о‘quv yuklamalarining bajarilishini nazorat qiladi;
  6. О‘rindoshlik asosida ishlayotgan professor-о‘qituvchilarning о‘quv yuklamalarini belgilaydi;
  7. Fakultetda о‘quv jarayonining tashkil qilinishini reydlar asosida tekshiradi, nazorat natijalari bо‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida fakultet dekani e’tiboriga havola etadi va nazorat qiladi;
  8. Yosh о‘qituvchilarning malaka oshirish uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish mintaqa hamda tarmoq markazlariga jalb qilinishlarini va tajriba о‘rganishlarini fakultet dekani bilan birgalikda tashkil qiladi;
  9. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali professor-о‘qituvchilarining qayta tayyorlash va malaka oshirish mintaqa hamda tarmoq markazlarida malaka oshirishini tashkil qiladi va tegishli rejalarning bajarilishini nazorat qiladi;
  10. Marketing bо‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning ishga taqsimotida qatnashadi;
  11. О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiklangan Nizom asosida talabalarning malakaviy amaliyotini umumiy tarzda boshqaradi va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
  12. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiga 1-kursga qabul rejalarini shakllantirishda qatnashadi;
  13. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialining qabul komissiyasida bevosita ishtirok etadi, filial qabuli haqidagi axborotni shakllantiradi va qabul natijalarini umumlashtiradi;
  14. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida fakultet ish faoliyatini о‘rganadi va namunaviy tajribalarni umumlashtiradi. Fakultet faoliyati maqsadga muvofiqligi va yangi kafedralar ochish haqidagi takliflarni kiritadi.
О‘quv – metodik bо‘lim boshlig‘i O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori tomonidan tayinlanadi.
 

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Navro‘z bayrami arafasida tashkil etiladigan “Sumalak sayllari” o‘zbek xalqining eng ulug‘ azaliy udumlaridan biridir.
Qonunchilikka ko‘ra, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga ko‘maklashiladi hamda faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari belgilab beriladi.
YUNESKO Parijdagi qarorgohida 21-mart Xalqaro Navro‘z kuni nishonlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14-fevraldagi farmoyishiga binoan joriy yilda O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli davlat arbobi Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi keng nishonlanadi.

Videolavhalar