Bugun, 28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida barcha talabalar o‘rtasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” shiori ostida “Eng yaxshi esse” tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayev hamda fakultet dekani M.Amanbayeva ishtirok etib, talabalarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unda yoshlarning faolligi va tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tanlov g‘oliblari 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirda e’lon qilinadi va munosib taqdirlanadi.



Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
