uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Muqaddasdir Millat bayrog‘i!

          O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Millat bayrog‘i!” shiori ostida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
Bayram tadbirini filial  direktori Maxsudjon Kuchkarov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. U kishi o‘z nutqida  davlat ramzlarining mohiyati haqida to‘xtaldi.An’anaga ko‘ra davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirda  “Lazgi” bo‘limi bosh mutaxassisi, shoira Qurbonbika Urazmetova hamda talaba-yoshlar, o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli bo‘lgan davlat bayrog‘i, davlatchilik tarixi, O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining qabul qilinishi, mamlakatimiz qonunchiligida davlat ramzlariga ehtirom ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar. 

Videolavhalar