uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Xorijiy abituriyentlar uchun



Xorijiy abituriyentlar uchun

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida o‘z iqtidoringizni kashf qiling!

Agar siz   xoreografiya sohasida eng yuqori natijalarga erishish istagida bo‘lsangiz O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi sizga ajoyib takliflarni beradi. Bizning akademiyamizda ilk qadamlaringizni boshlang.

Filialimiz dunyoning barcha burchaklaridan tashrif buyurgan xorijiy talabalarni qabul qilib, turli xil, rang-barang va o‘ziga xos ta’lim muhitini yaratib berishga tayyor.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida xorijiy mamlakatlarning fuqarolari 60211600 “Xoreografiya jamoalari rahbari”  yo‘nalishida tahsil olishlari mumkin.

 

Hujjatlar 2024 yil 20 avgustgacha qabul qilinadi. O‘zDXA UF talabasi bo‘lish uchun siz og‘zaki imtixondan suhbat asosida o‘tishingiz kerak.

 

Suhbatda qatnashish uchun sizdan quyidagi hujjatlarni topshirish talab etiladi:

 

–O‘zDXA UF direktori nomiga siz tanlagan yo‘nalish, o‘qish tili ko‘rsatilgan ariza;

 

– siz bilan bog‘lanish uchun aloqa maʼlumotlari: yashash manzilingiz va telefon raqamlari (murojaat etuvchilarning ota-onalarining telefon raqamlari bilan);

 

– attestat yoki diplom asl nusxasi va ular bilan birga olingan baxolar (ilovasi bilan) rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan;

 

– milliy va chet el pasporti (nusxalari bilan) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (agar yashash huquqingiz bo‘lsa, siz shuningdek uning nusxasini taqdim etishingiz kerak);

 

– 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat.

 

 

Yuqoridagi barcha hujjatlar onlayn tarzda topshirilishi mumkin!

 

Onlayn ariza topshirish

 

Qo‘shimcha savollar uchun:

+998937500226

+998999099412

ruzmetovaaa01@gmail.com

www.uzdxauf.uz

 

Murojaat qilishingizni so‘raymiz

Videolavhalar