uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Bosh sahifa > ---
✅ Ma’lumki, ertadan 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlanadi.

? Test sinovlari 8-avgustdan 20-avgustga qadar ikki smenada:

1️⃣-smena — 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

? Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda

1️⃣-smenada 06:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 18:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

❕ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

? Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali test sinovlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Batafsil ma'lumot

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Navro‘z bayrami arafasida tashkil etiladigan “Sumalak sayllari” o‘zbek xalqining eng ulug‘ azaliy udumlaridan biridir.
YUNESKO Parijdagi qarorgohida 21-mart Xalqaro Navro‘z kuni nishonlandi.
Qonunchilikka ko‘ra, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga ko‘maklashiladi hamda faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari belgilab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14-fevraldagi farmoyishiga binoan joriy yilda O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli davlat arbobi Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi keng nishonlanadi.

Videolavhalar